🧬 Nega bugun erkaklar bepushtligi haqida ko'proq eshityapmiz?
Bepushtlik faqat ayollar bilan bog'liq muammo emas. Erkaklarning reproduktiv salomatligi ham farzandli bo'lishda muhim rol o'ynaydi.
Erkak bepushtligi haqida nega ko'proq gapirilmoqda?
Ko'p yillar davomida farzand bo'lmasa, birinchi navbatda ayol tekshirilar edi. Bugungi tibbiyot esa bepushtlik holatlarining taxminan yarmida erkaklar omili ishtirok etishini ko'rsatadi. Shu sababli tekshiruv endi er va xotin uchun birgalikda o'tkaziladi va erkak salomatligi alohida e'tiborga olinadi.
Spermatozoidlar sifatiga qanday omillar ta'sir qiladi?
Chekish, ortiqcha vazn, gormonal va genetik o'zgarishlar spermatozoidlar sifatiga ta'sir qilishi mumkin. Ularning ba'zilari (masalan, chekish va vazn) hayot tarzini o'zgartirish bilan to'g'rilanadi, gormonal va genetik omillar esa shifokor tekshiruvini talab qiladi.
🔬 Spermogrammada qanday muammolar aniqlanishi mumkin?
Spermogramma — erkak urug' suyuqligini baholashning asosiy tahlili. Natijalar odatda JSST (Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti) me'yorlari bilan taqqoslanadi va quyidagi holatlar aniqlanishi mumkin:
Azoospermiya
Urug' suyuqligida spermatozoidlar aniqlanmasligi. Bu holat sababiga qarab davolanadi, ba'zan Mikro-TESE kabi usullar yordamida spermatozoid olish ham mumkin.
Teratozoospermiya
Normal shakldagi spermatozoidlar ulushining kamayishi. Natijani sperma morfologiyasi ko'rsatkichlari bilan birga baholash muhim.
Oligozoospermiya
Spermatozoidlar sonining me'yordan kam bo'lishi.
Astenozoospermiya
Spermatozoidlar harakatchanligining pasayishi. Spermogrammada ko'pincha shu holat boshqa o'zgarishlar bilan birga uchraydi.
Spermogramma me'yorlari qanday?
JSST 2021 (6-nashr) bo'yicha quyi me'yoriy chegaralar quyidagicha:
- spermatozoidlar konsentratsiyasi — kamida 16 mln/ml;
- progressiv harakatchanlik — kamida 30%;
- normal shakldagi spermatozoidlar — kamida 4%;
- eyakulyat hajmi — kamida 1,4 ml.
Laboratoriyalar turli yillardagi me'yorlardan foydalanishi mumkin, shu sababli natijani faqat shifokor sharhlashi kerak.
Bu tashxislar — yakuniy hukm emas
Muhimi, bu tashxislar ota bo'lish mutlaqo imkonsiz degani emas. Har bir holat individual tekshiruv va yondashuvni talab qiladi.
Vaqtni boy bermang!
Vaqtni boy bermang! Muammoning sababini aniqlash uchun vrach-urolog-andrologga murojaat qiling.
Siz ushbu tashxislar haqida avval eshitganmisiz? Izohlarda yozing!
📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic
