
Ko‘pchilik erkaklarda spermaning miqdori yaxshi, lekin morfologiyasi — ya’ni shakli me’yorda bo‘lmaydi. Sperma tahlili (spermiogramma) natijalarida morfologiya ko‘rsatkichi reproduktiv salomatlikni baholashda muhim ahamiyatga ega.
Sperma nima degani — bu erkaklik jinsiy bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan, jinsiy aloqa yoki qo'zg'alish vaqtida ajraladigan suyuqlik. Sog‘lom spermatozoidlar ayol tuxum hujayrasiga yetib borishi va uni urug‘lashi uchun nafaqat ko‘pligi, balki shakli ham muhim. Shu sababli spermiogramma natijalarida morfologiya ko‘rsatkichiga alohida e’tibor beriladi.
Sperma morfologiyasi — bu spermatozoidlarning shakli bo‘lib, u urug‘lanish qobiliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Bosh, bo‘yin va dum qismlari to‘g‘ri tuzilgan spermatozoid tuxum hujayraga osonroq yetib boradi. Morfologiya keskin past bo'lsa, bu holat teratozoospermiya deb ataladi. Shunday bo‘lsa ham, bu holat tuzalmas degani emas — to‘g‘ri yondashuv bilan ko‘rsatkichlarni yaxshilash mumkin.
Spermiogramma analizi — bu erkak fertilligini baholovchi asosiy tekshiruv. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST/WHO) me’yorlariga ko‘ra asosiy ko‘rsatkichlar taxminan quyidagicha:
Me’yordan og‘ishlar turli atamalar bilan ataladi: oligozoospermiya (spermatozoidlar soni kam), astenozoospermiya (harakatchanlik past), teratozoospermiya (morfologiya past), azoospermiya (spermatozoidlar yo‘qligi).
Bitta spermiogramma natijasiga qarab erkakni “bepusht” deb hisoblash — ilmiy jihatdan noto‘g‘ri. Spermiogramma faqat fertillik potensialini baholaydi. Shu sababli shifokorlar ko‘pincha 7–10 kun oralig‘ida takroriy tahlil tavsiya qiladi. Bundan tashqari, farzandli bo‘lish faqat spermaga emas — ayol omili, ovulyatsiya, yosh va boshqa omillarga ham bog‘liq.

Sperma analiz topshirish aniq natija berishi uchun tayyorgarlik muhim:
Quyidagi tavsiyalar sperma sifatini oshirish va sperma sifatini yaxshilashga yordam beradi:
1️⃣ Antioksidantlarga boy ovqatlar — sabzi, pomidor, brokkoli, tuxum, baliq.
2️⃣ Tamaki, alkogol, stressga yo‘q deyish.
3️⃣ Sauna va hammomdan uzoqroq yuring.
4️⃣ Rux, Selen, Vitamin C, E, D, Koenzim Q10 qabul qiling.
5️⃣ Muntazam jismoniy faollik — yurish, suzish.
6️⃣ Eng muhimi: sabrli bo‘ling! Spermalar 3 oyda yangilanadi — shuning uchun turmush tarzidagi o‘zgarishlar natijasi taxminan 3 oydan keyin ko‘rinadi.
Vitaminlar va turmush tarzi yordam bersa-da, har bir holat individualdir. Sperma foizini aniqlash va aniq sabab topish uchun avvalo malakali mutaxassisga (androlog yoki reproduktolog) murojaat qilish kerak. O‘zboshimchalik bilan dori yoki dozasi noma’lum qo‘shimchalar qabul qilish foydadan ko‘ra zarar keltirishi mumkin.
EKO-IKSI klinikasida er va xotin birgalikda tekshiruvdan o'tishi mumkin. Sperma analizi narxi va tayyorgarlik bo'yicha batafsil — telefon orqali reproduktolog maslahatiga yoziling:
📞 +998 (78) 555-55-65.
📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic



Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.