Mikro-TESE — Azoospermiya muhim imkoniyatlardan biri

🔬 MIKRO-TESE — AZOOSPERMIYADA MUHIM IMKONIYATLARDAN BIRI

Azoospermiya — eyakulyatda spermatozoidlar aniqlanmasligi holati. Ammo bu har doim ham moyaklarda spermatozoidlar umuman yo'q degani emas.

Azoospermiyaning turlari qanday?

Azoospermiya ikki asosiy turga bo'linadi:

  • Obstruktiv azoospermiya — moyaklarda spermatozoidlar hosil bo'ladi, ammo urug' yo'llaridagi to'siq sababli ular eyakulyatga chiqa olmaydi;
  • Noobstruktiv azoospermiya — moyaklarning spermatozoid ishlab chiqarish funksiyasi buzilgan bo'ladi, biroq moyak to'qimasining alohida qismlarida sperma ishlab chiqarilishi hali ham davom etishi mumkin.

Mikro-TESE aynan noobstruktiv azoospermiya holatlarida eng katta umid beruvchi usul hisoblanadi.

🧬 Mikro-TESE qanday amalga oshiriladi?

Mikro-TESE — maxsus mikroskop yordamida moyak to'qimasidan spermatozoidlar mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan joylarni aniqlab, ularni olishga qaratilgan jarrohlik usulidir. An'anaviy TESE'dan farqli o'laroq, mikroskop yordamida moyak to'qimasining eng "faol" — ya'ni sperma ishlab chiqarish ehtimoli yuqori bo'lgan qismlari aniq tanlanadi, bu esa spermatozoid topish imkoniyatini oshiradi va moyak to'qimasiga zararni kamaytiradi.

Topilgan spermatozoidlar IVF/ICSI jarayonida foydalanilishi mumkin.

Mikro-TESE muvaffaqiyati nimaga bog'liq?

Hayotiy spermatozoidlarni topish ehtimoli azoospermiyaning turiga, sababiga va bemorning individual xususiyatlariga bog'liq. Shu sababli operatsiyadan oldin to'liq gormonal va genetik tekshiruv o'tkazilishi, prognozni aniqroq baholash imkonini beradi.

🤍 Azoospermiya — yakuniy hukm emas

Eng muhimi — azoospermiya sababini aniqlash va bemorning holatiga mos davolash strategiyasini tanlash. Azoospermiya — bu yakuniy hukm emas. To'g'ri tashxis va individual yondashuv muhim.

📞 Qabul uchun va savollaringiz bo'lsa murojaat qiling: +998 (78) 555-55-65

Farzand sari ilk qadamni bugundan boshlang!

📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic

🔙 Barcha maqolalar
Biz bilan bog'laning