Biz haqimizda

Farzand bu oilaning eng katta baxti. Ammo afsuski, ayrim oilalar bu baxtni yillar davomida kutishga majbur bo‘lishadi…

Bizning klinikamiz aynan shunday oilalarga umid ulashish uchun faoliyat yuritadi. Ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislarimiz bilan birgalikda farzandli bo‘lish yo‘lida sizga yaqindan yordam beramiz.

Klinikamizda:
🔹 Ginekolog
🔹 Reproduktolog
🔹 Urolog va Androlog shifokorlar faoliyat olib boradi.

Shuningdek, Toshkentdagi maxsus EKO markazimizda quyidagi zamonaviy muolajalar amalga oshiriladi:
▫️ EKO (IVF)
▫️ ICSI (IKSI)
▫️ Sun’iy urug‘lantirish jarayonlari

Bundan tashqari:
▫️ Gisteroskopiya
▫️ Varikotsele operatsiyasi
▫️ MikroTESE amaliyotlari ham professional darajada bajariladi.

Bugungi kungacha biz 10-15 yil davomida farzand kutgan ko‘plab oilalarga yordam bera oldik.
Bugun esa ular mehrga to‘la ota-ona bo‘lib yashamoqda…

📈 Klinikamiz orqali 30000+ dan ortiq oilalar o‘z orzusiga erishdi.
Eng muhimi — biz har bir bemorning dardini tushunamiz va ularning orzusini o‘zimizniki kabi qabul qilamiz.

👨‍⚕️ Tajribali, 7-10 yildan ortiq amaliyotga ega shifokorlarimiz siz bilan birga har bir bosqichni ishonch bilan bosib o‘tadi.

Biz o‘z natijalarimizni va baxtli oilalar hikoyalarini muntazam ravishda Instagram hamda Telegram sahifalarimiz orqali ulashib boramiz.

Siz ham farzand baxtiga erishishni istasangiz — biz har doim yoningizdamiz!
Davlat litsenziyasi №1201743 (Sog'liqni saqlash vazirligi)
EKO IKSI klinika logoEko-Iksi klinika

EKO-IKSI

Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.

Powered by WpChatPlugins