


Farzandli bo‘lish yo‘lida zamonaviy sun'iy urug'lantirish usullari ko‘p qo‘llaniladi. Ammo ko‘pchilik uchun eko iksi nima va ularning farqi nimada degan savol ochiq qolmoqda.
“EKO va IKSI’dan qaysi birini tanlash kerak?” degan savolga mutaxassislar quyidagicha javob berishadi:
— Agar spermatozoid sifati yetarli bo‘lsa, odatda EKO usuli qo‘llaniladi. Bu usulda tuxum hujayra va spermatozoidlar bir muhitga joylashtiriladi va urug‘lanish tabiiy jarayonga yaqin tarzda sodir bo‘ladi.
— Agar erkak omili bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, masalan spermatozoidlar soni kam yoki harakatchanligi past bo‘lsa, IKSI usuli tanlanadi.
EKO (Ekstrakorporal urug‘lantirish) — bu tuxum hujayra va spermatozoidning laboratoriya sharoitida urug‘lantirilishi usulidir. Urug‘langan embrion bir necha kun kuzatilgach, ayol bachadoniga ko‘chirib o‘tkaziladi. EKO usuli ko‘pincha bachadon naylari bilan bog‘liq muammolar, uzoq muddatli bepushtlik yoki sababi aniqlanmagan farzandsizlik holatlarida tavsiya etiladi.
IKSI (Intratsitoplazmatik spermatozoid inyektsiyasi) — EKOning zamonaviy turi bo‘lib, unda embriolog tomonidan bitta eng sifatli spermatozoid tanlanadi va maxsus usul yordamida tuxum hujayra ichiga kiritiladi. IKSI usuli ayniqsa erkaklar bepushtligi bilan bog‘liq holatlarda, spermatozoidlar soni kam bo‘lganda yoki ularning harakatchanligi past bo‘lganda yuqori samaradorlik ko‘rsatadi.
🔖 Har bir holat individual — sizga aynan qaysi usul mos kelishini faqat to‘liq tekshiruvdan so‘ng aniqlash mumkin.
📌 EKO haqida ma’lumot, EKO nima degani, IKSI nima degani va davolash usullari bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun reproduktolog qabuliga yoziling:
📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic



Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.