Kriyokonservatsiya — kelajak uchun imkoniyatni saqlash

🧊 KRIYOKONSERVATSIYA — KELAJAK UCHUN IMKONIYATNI SAQLASH

🔬 Kriyokonservatsiya — tuxum hujayra, spermatozoid yoki embrionni maxsus usulda muzlatib, kelajakda foydalanish uchun saqlash imkonini beruvchi usul.

Kriyokonservatsiya kimlarga tavsiya etiladi?

Bu usul nafaqat homiladorlikni kechiktirmoqchi bo'lganlar uchun, balki tibbiy zaruratga ega bemorlar uchun ham muhim yechim hisoblanadi:

  • Onkologik kasalliklar tashxisi qo'yilib, kimyoterapiya yoki nurli terapiyadan oldin reproduktiv hujayralarni saqlab qolmoqchi bo'lganlar;
  • Homiladorlikni ma'lum yoshgacha kechiktirmoqchi bo'lgan, biroq tuxum hujayra sifati yosh bilan pasayishidan xavotirda bo'lgan ayollar;
  • EKO dasturida follikula punksiyasi kuni klinikaga kela olmaydigan yoki sperma topshira olmaydigan holatdagi erkaklar;
  • Tuxumdonlarga jarrohlik amaliyoti o'tkazilishi kutilayotgan bemorlar.

👩🏻‍⚕️ Kriyokonservatsiyadan oldin

Bemorning holati individual baholanadi va zarur tekshiruvlar o'tkaziladi. Shundan so'ng qaysi biologik materialni va qanday sharoitda saqlash maqsadga muvofiqligi belgilanadi.

❄️ Kriyokonservatsiyadan keyin

Muzlatilgan biologik material maxsus sharoitda saqlanadi. Kerakli vaqtda u eritilib, reproduktiv davolash jarayonida foydalanilishi mumkin.

Biomaterial qancha muddat saqlanishi mumkin?

Zamonaviy muzlatish texnologiyalari (vitrifikatsiya) tufayli tuxum hujayra, sperma va embrionlar sifatini yo'qotmasdan yillar davomida saqlanishi mumkin. Muzlatish jarayonining o'zi biologik materialning sifatiga, embrionning keyingi rivojlanishiga yoki bo'lajak farzandning genetik xususiyatlariga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi.

✨ Kelajakdagi reproduktiv imkoniyatlaringizni bugundan o'ylang

Kriyokonservatsiya — farzandli bo'lish rejalaringizni saqlab qolishning zamonaviy imkoniyatlaridan biridir.

📞 Qabul uchun va savollaringiz bo'lsa murojaat qiling: +998 (78) 555-55-65

Farzand sari ilk qadamni bugundan boshlang!

📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic

🔙 Barcha maqolalar
Biz bilan bog'laning