Jinsiy gormonlar haqida

2026-06-17

Birlamchi va ikkilamchi bepushtlik nima?
Birlamchi va ikkilamchi bepushtlik nima?

📌 Jinsiy gormonlar haqida malumot: nimalarni bilishingiz kerak?

Ko‘pchilik farzandli bo‘lish, hayz sikli yoki umumiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarda gormonlarning o‘rni qanchalik muhim ekanligini bilmaydi. Jinsiy gormonlar haqida malumot ayollar reproduktiv salomatligini saqlashda asosiy ahamiyatga ega. Keling, eng muhim ma’lumotlarni birgalikda ko‘rib chiqamiz.

🔹 Gormonlar organizmda qanday vazifani bajaradi?

Gormonlar — organizmning “xabarchilari” bo‘lib, turli a’zolar faoliyatini boshqaradi. Jinsiy gormonlar esa:

✅ Hayz siklini boshqaradi
✅ Ovulyatsiyani ta’minlaydi
Homiladorlikka tayyorlaydi
✅ Reproduktiv salomatlikni nazorat qiladi
✅ Kayfiyat va energiyaga ta’sir ko‘rsatadi

🔹 Ayollarda gormon buzilishi nega yuz beradi?

Ayollarda gormon buzilishi turli sabablarga ko‘ra ro‘y berishi mumkin. Gormonlar buzilishi quyidagi omillar tufayli yuzaga keladi:

▫️ Stress va asabiylashish
▫️ Uyqusizlik
▫️ Noto‘g‘ri ovqatlanish
▫️ Ortiqcha yoki kam vazn
▫️ Polikistoz sindromi
▫️ Qalqonsimon bez kasalliklari
▫️ Yoshga bog‘liq o‘zgarishlar

🔹 Gormonlar buzilganda qanday belgilar kuzatiladi?

Gormonlar buzilishi ko‘plab tashqi va ichki belgilar orqali namoyon bo‘ladi:

⚠️ Hayz siklining buzilishi
⚠️ Homilador bo‘lishda qiyinchilik
⚠️ Soch to‘kilishi
⚠️ Teri muammolari
⚠️ Vaznning tez o‘zgarishi
⚠️ Kayfiyatning tez-tez almashishi

Ayollarda gormon buzilishi
Ayollarda gormon buzilishi davolash

🔹 Ayollarda gormon buzilishini davolash mumkinmi?

Albatta, mumkin. Eng muhimi — muammoning sababini aniqlash. Buning uchun kerakli gormonal tahlillar topshirilib, shifokor tavsiyasi asosida davolash belgilanadi. O‘z vaqtida murojaat qilish ko‘plab muammolarning oldini oladi.

🔹 TTG (TSH) gormoni nima?

TTG gormoni nima degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. TTG — qalqonsimon bez faoliyatini boshqaruvchi gormon. Uning me’yordan yuqori yoki past bo‘lishi:

▫️ Hayz sikliga
▫️ Ovulyatsiyaga
▫️ Homilador bo‘lish imkoniyatiga
▫️ Homiladorlikning kechishiga ta’sir qilishi mumkin.

Shu sababli reproduktiv salomatlikni tekshirishda TTG ko‘rsatkichiga alohida e’tibor beriladi.

🤍 Esingizda bo‘lsin: sog‘lom gormonal fon — sog‘lom reproduktiv salomatlikning muhim poydevoridir. Agar sizda hayz sikli yoki homiladorlik bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, mutaxassis ko‘rigidan o‘tishni kechiktirmang.

📞 Qabul uchun va savollaringiz bo‘lsa murojaat qiling: +998 (78) 555-55-65.

📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic

🔙 Barcha maqolalar

EKO IKSI klinika logoEko-Iksi klinika

EKO-IKSI

Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.

Powered by WpChatPlugins