Ayol va erkak gormon tekshiruvlari bir xilmi?

2026-07-08

Ayol va erkak gormon tekshiruvlari bir xilmi?
Ayol va erkak gormon tekshiruvlari bir xilmi?
Ayol va erkak gormon tekshiruvlari bir xilmi?
Ayol va erkak gormon tekshiruvlari bir xilmi?
Ayol va erkak gormon tekshiruvlari bir xilmi?

Ayol va erkak gormon tekshiruvlari bir xilmi? 🧬

Ko‘pchilik farzand rejalashtirish jarayonida gormon tekshiruvlari hamma uchun bir xil deb o‘ylaydi. Aslida esa ayol va erkak organizmi turlicha ishlagani sababli gormon tekshiruvlari ham farq qiladi. Gormonlarni tekshirish — bu shunchaki qon tahlili emas, balki reproduktiv salomatlik haqida to‘liq tasavvur beruvchi muhim diagnostika bosqichidir.

👩 Ayollik gormoni haqida: qachon va qanday tekshiriladi?

Ayollarda gormonlar hayz sikliga bog‘liq bo‘lgani uchun tahlillar ma’lum kunlarda topshiriladi. Ayol gormoni darajasi tsiklning turli bosqichlarida o‘zgarib turadi, shuning uchun noto‘g‘ri kunda topshirilgan tahlil natijasi chalkash bo‘lishi mumkin.

Asosiy ayol gormonlari qaysilar?

FSH, LH, AMH, estradiol, progesteron va boshqa gormonlar aynan belgilangan vaqtda tekshirilsa, natija aniqroq bo‘ladi:

  • FSH (follikulastimulyatsiya qiluvchi gormon) — tuxumdonlardagi follikulalar rivojlanishini boshqaradi, odatda hayzning 2–3 kunida tekshiriladi;
  • LH (lyuteinlashtiruvchi gormon) — ovulyatsiya jarayonini rag‘batlantiradi;
  • AMH (anti-myullerov gormon) — tuxumdonlar zaxirasini, ya’ni tuxum hujayralari sonini baholashda eng ishonchli ko‘rsatkich hisoblanadi;
  • Estradiol — follikulalar yetilishi bilan ortib boradigan asosiy ayol gormoni;
  • Progesteron — ovulyatsiyadan keyin ortib, homiladorlikka tayyorgarlikni ta’minlaydi, odatda tsiklning 21–22 kunlarida tekshiriladi.

👨 Erkaklar garmoni: nimalarga e’tibor qaratiladi?

Erkaklarda gormonlar hayz sikliga bog‘liq emas, shuning uchun tahlilni istalgan kunda topshirish mumkin. Odatda testosteron, FSH, LH, prolaktin va estradiol kabi gormonlar baholanadi. Bu tekshiruvlar erkak reproduktiv salomatligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Erkak gormoni nima uchun muhim?

Testosteron erkak organizmini biologik jihatdan shakllantiruvchi asosiy gormon bo‘lib, u sperma ishlab chiqarilishi, jinsiy funktsiya va umumiy energiya darajasiga bevosita ta’sir qiladi. Erkaklar garmoni darajasining pasayishi spermogramma ko‘rsatkichlarining yomonlashishiga va bepushtlikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun erkaklarda gormonal tekshiruv odatda spermogramma natijalari yaxshi bo‘lmaganda yoki jinsiy funktsiya buzilishlarida tavsiya etiladi.

🔬 Gormonlarni tekshirish nima uchun zarur?

Gormonlarni tekshirish orqali shifokor endokrin tizim faoliyatini, tuxumdonlar yoki moyaklarning ishlashini, shuningdek gipofiz va gipotalamus bilan bog‘liq muammolarni aniqlay oladi. Gormonlar va ularning organizmdagi ahamiyati juda katta — ular moddalar almashinuvi, o‘sish, jinsiy rivojlanish va reproduktiv funksiyalarni boshqaradi. Har qanday gormonal nomutanosiblik, garchi kichik bo‘lsa-da, homiladorlikning kechikishiga yoki umuman yuz bermasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qachon gormonal tekshiruvdan o‘tish kerak?

Quyidagi holatlarda gormonlarni tekshirish tavsiya etiladi:

  • Hayz sikli tartibsiz yoki umuman kelmasa;
  • Bir yildan ortiq homiladorlik yuz bermasa;
  • Erkaklarda spermogramma ko‘rsatkichlari past bo‘lsa;
  • Jinsiy funktsiya yoki libido bilan bog‘liq muammolar kuzatilsa.

🤍 Farzandsizlik — ikki tomonlama masala

Esda tuting, farzandsizlik faqat ayolga bog‘liq muammo emas. Tekshiruv va davolash jarayonida erkak va ayol birgalikda baholanishi eng to‘g‘ri yondashuv hisoblanadi. Statistikaga ko‘ra, bepushtlik holatlarining taxminan yarmida sabab erkak tomonida bo‘ladi, shuning uchun faqat ayol gormonlarini emas, balki erkaklar garmonini ham parallel ravishda tekshirish kerak.

📞 Qabul uchun va batafsil ma’lumot olish uchun biz bilan bog‘laning.

📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic

🔙 Barcha maqolalar

EKO IKSI klinika logoEko-Iksi klinika

EKO-IKSI

Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.

Powered by WpChatPlugins