1. Ayol harakatda, erkak esa… faqat tomoshabin
Spermogramma topshirish 15 daqiqa vaqt oladi. Lekin ko‘pchilik erkaklar buni yillar davomida ortga suradi. Farzand bu — ikkalangizniki!
⸻
2. Shifokor almashavergan — davo yo‘q degani!
Bugun bir klinika, ertaga boshqasi. Har bir shifokor yangi tahlillar, yangi dorilar… Ammo siz bir joyda aylanyapsiz. Strategiyasiz davolanish — samarasiz harakat.
⸻
3. “Hamma narsani Allohga topshirdik” deyish — ammo harakat nol
Alloh harakat qilgan bandani sevadi. Ammo siz hali to‘liq tekshiruvdan ham o‘tmagansiz, faqat o‘zingizni ovutyapsiz. Bu muammo emas — bu noto‘g‘ri yondashuv.
⸻
4. Instagram dorilari — darddan emas, stressdan qutqaradi
Kimdir “shu sirop ichdim, homilador bo‘ldim” desa, darrov aptekaga yugurasizmi? Eslab qoling: boshqalarning yo‘li sizga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shifokor — individual yechim beradi.
⸻
5. Bir-biringizni ayblash
“Ayib sendan”, “Yo‘q, sendan!” degan o‘ylardan voz keching. Bu davolanish emas, bu orasidagi rishtalarni uzish. Farzandni birga orzu qilganlar, birga kurashishlari kerak.
Farzandsizlik — dard emas, sinov. Ammo bu sinovdan o‘tish uchun siz to‘g‘ri yo‘lni tanlashingiz kerak.
Xatolarni tan oling. Ustida ishlang.
Va esda tuting: har bir yo‘qotilgan oy — yana bir orzuning kechikishi.
EKO-IKSI klinikasida er va xotin birgalikda tekshiruvdan o'tishi mumkin. Reproduktolog maslahatiga yoziling: +998 97 260-77-70.
📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic



Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.