


Ko‘pchilik erkaklar urug‘ suyuqligining tashqi ko‘rinishiga qarab, o‘zlarining reproduktiv salomatliklariga baho berishga harakat qilishadi. Ammo tashqi ko‘rinish har doim ham ichki sifatni aks ettirmaydi.
Urug‘ suyuqligining rangi, hidi yoki konsistensiyasidagi ayrim o‘zgarishlar yallig‘lanish, infeksiya yoki boshqa muammolarga ishora qilishi mumkin. Lekin sperm morfologiyasi — ya’ni spermatozoidlarning shakli va tuzilishi — bunday tashqi belgilar orqali mutloq aniqlanmaydi.
Morfologiyasi pasaygan spermatozoidlar tashqi ko‘rinishdan butunlay normal bo‘lgan urug‘ suyuqligi tarkibida ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni, urug‘ suyuqligi odatdagidek ko‘rinsa ham, mikroskop ostida spermatozoidlarning bosh qismi, bo‘yni yoki dumi tuzilishida nuqsonlar borligi aniqlanishi ehtimoli mavjud. Bu esa ularning tuxum hujayraga yetib borishi va uni urug‘lantirish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aksincha, ba’zi hollarda urug‘ suyuqligining rangi yoki quyuqligi o‘zgargan bo‘lsa ham, mikroskopik darajada morfologiya me’yorda bo‘lishi mumkin. Shu sababli faqat tashqi belgilar asosida yakuniy xulosa chiqarish noto‘g‘ri hisoblanadi.
Erkaklik salomatligini baholashda sperma suyuqligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish va uning asosiy ko‘rsatkichlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Urug‘ suyuqligining hajmi va konsistensiyasi reproduktiv tizim bezlari (prostata va urug‘ pufakchalari) qanday ishlayotganini ko‘rsatadi.
Sperma organizmdan ajralgan dastlabki soniyalarda quyuq, gel sifatli bo‘ladi. Me’yoriy holatda u 15–30 daqiqa ichida suyulishi kerak. Agar sperma haddan tashqari quyuq bo‘lsa yoki belgilangan vaqtda suyulmasa, bu spermatozoidlarning harakatlanishini qiyinlashtiradi va gonal infeksiyalar yoki fermentlar yetishmovchiligidan dalolat berishi mumkin.
Sog‘lom erkakda bir marta ajralgan sperma hajmi o‘rtacha 1.5 ml dan 5 ml gacha bo‘ladi. Hajmning haddan tashqari kamayishi (oligospermiya) gormonal buzilishlar, suvsizlanish yoki jinsiy bezlar faoliyatining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Erkaklar ko‘p duch keladigan va ularni xavotirga soladigan yana bir jihat — bu urug‘ning tusidir. Quyida sperma rangi haqida ma’lumot va turli ranglarning tibbiy ma'nolari keltirilgan:
Oq-kulrang yoki xira oq: Bu sog‘lom erkak dori-darmonlar qabul qilmayotgan va to‘g‘ri turmush tarzida bo‘lgan paytdagi klassik, tabiiy rangidir.
Och sarg‘ish tus: Agar erkak uzoq vaqt jinsiy aloqada bo‘lmagan bo‘lsa yoki tarkibida B guruhi vitaminlari bor mahsulotlarni ko‘p iste'mol qilgan bo‘lsa, sperma biroz sarg‘ayishi mumkin. Bu xavfli holat emas.
To‘q sariq yoki yashilsimon rang: Bu odatda siydik-tanosil tizimidagi o‘tkir yoki surunkali infeksiyalar, xususan, prostatit yoki jinsiy yo‘l bilan chiquvchi kasalliklar belgisidir.
Qizg‘ish, pushti yoki jigarrang: Sperma tarkibida qon hujayralari borligini (gemospermiya) anglatadi. Bunga siydik yo‘llaridagi jarohatlar, toshlar yoki bezlardagi yallig‘lanishlar sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatda urolog ko‘rigiga borish shart.
Sperma rangi va suyuqligi umumiy salomatlik haqida birlamchi signallarni bersa-da, urug‘ning haqiqiy urug‘lantirish qobiliyatini ko‘rsata olmaydi.
✅ Sperm morfologiyasini, spermatozoidlar soni va harakatchanligini baholashning yagona ishonchli usuli — spermogramma va morfologiya tahlili (Kryuger me’yori bo‘yicha) hisoblanadi.
Agar bir yil davomida muntazam, himoyasiz jinsiy hayotga qaramay homiladorlik yuz bermayotgan bo‘lsa (ayol kishining yoshi 35 dan oshgan bo‘lsa 6 oy), tekshiruvni nafaqat ayol, balki erkak ham o‘tishi juda muhim. Farzandli bo‘lishdagi muammoning sababini vaqtida aniqlash davolash imkoniyatlarini va muvaffaqiyat foizini sezilarli darajada oshiradi.
📩 Bizga murojaat qiling! Agar sizda spermogramma natijalari bo‘lsa yoki morfologiya ko‘rsatkichlarini, sperma rangi va suyuqligi tahlillarini tushunishda savollar tug‘ilgan bo‘lsa, bizga yozing. Mutaxassislarimiz natijalaringizni batafsil tushuntirib berishadi va to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatishadi.
📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic



Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.