

Ayol reproduktiv salomatligi va homiladorlikning muvaffaqiyatli kechishi bevosita oositlar (tuxum hujayralari) sifatiga bog‘liq. Biroq, ko‘pincha EKO (IVF) jarayonlarida yoki tabiiy urug‘lanishda tuxum hujayra sifatining pastligi aniqlanadi. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, buning sabablaridan biri FSH va LH retseptorlaridagi genetik o‘zgarishlar (polimorfizm) bo‘lishi mumkin.
Aynan shu o‘zgarishlar tufayli tuxumdon gormonlarga yetarli darajada javob bermaydi va natijada olingan tuxum hujayralarining sifati pasayishi mumkin.
Tuxum hujayra (oosit) inson organizmidagi eng katta va eng murakkab tuzilishga ega bo‘lgan hujayralardan biridir. Uning tuzilishi kelajakdagi embrion rivojlanishi uchun poydevor hisoblanadi:
Agar ushbu tuzilmalardan birortasida, xususan, mitoxondriyalar energiyasida yoki qobiq elastikligida muammo bo‘lsa, tuxum hujayra sifatsiz deb hisoblanadi.
Tuxum hujayraning o‘sishi, yetilishi va ovulyatsiya jarayoni gipofiz hamda tuxumdonlar tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlarning murakkab zanjiri orqali boshqariladi:
Gipofiz bezidan ajraladigan FSH (folikullani ogohlantiruvchi gormon) tuxumdonlardagi folikullarning o‘sishini rag‘batlantiradi. LH (lyuteinlovchi gormon) esa folikulning oxirgi bosqichda yetilishini, ovulyatsiyani (tuxum hujayraning yorilib chiqishini) va sariq tana hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Tuxumdonning o‘zi ishlab chiqaradigan estrogenlar (asosan estradiol) bachadon shilliq qavatini (endometriy) qalinlashtiradi va folikul o‘sishiga yordam beradi. Ovulyatsiyadan keyin ajraladigan progesteron gormoni esa bachadonni potensial homilani qabul qilishga va homiladorlikni saqlab qolishga tayyorlaydi.
Ba’zida ayol organizmida gormonlar miqdori me’yorda bo‘lsa-da, tuxumdonlar ularga "quloq solmaydi". Bunga genetik polimorfizm — ya’ni FSH va LH gormonlarini qabul qiluvchi retseptorlar genlaridagi kichik tuzilish o‘zgarishlari sabab bo‘ladi.
Masalan, FSHR (FSH retseptori) genidagi muayyan polimorfizmlar (masalan, N680S varianti) retseptorning gormonga bo‘lgan sezgirligini kamaytiradi. Natijada, EKO stimulyatsiyasi paytida tuxumdonlar standart dori dozalariga past javob reaksiyasini ko‘rsatadi, folikullar yomon rivojlanadi va olingan oositlar sifati past bo‘ladi.
Genetik jihatdan muhim tomoni: LH retseptorlari (LHR) nafaqat tuxum hujayralarining yetilishida, balki embrionning dastlabki rivojlanish jarayonlarida ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli LH retseptorlaridagi o‘zgarishlar urug‘lanish foiziga va embrionning bachadonga yopishishi (implantatsiya) jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Genetik omillar bilan bir qatorda, tuxum hujayralari sifati ayolning turmush tarziga ham juda bog‘liq. Tuxumdonlar mikromuhiti tashqi stress va toksinlarga o‘ta sezgandir.
Zamonaviy reproduktiv tibbiyotda genetik polimorfizmlarni hisobga olgan holda, har bir ayol uchun EKO gormonal stimulyatsiya protokollari individual ravishda tanlanmoqda. Bu esa gormonlarga sezgirligi past bo‘lgan tuxumdonlardan ham sifatli tuxum hujayra olish imkonini beradi.
📨 Manba: Telegram: @reproduktolog_oqila



Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.