Farzand kutish — oiladagi munosabatlar uchun ham sinovli davr bo‘lishi mumkin.

🤍 Farzand kutish — oiladagi munosabatlar uchun ham sinovli davr bo'lishi mumkin

Homiladorlik uzoq kutilganda, vaqt o'tishi bilan stress, xavotir va yaqinlarning bosimi kuchayishi mumkin. Ba'zan esa bu holat er-xotin o'rtasida bir-birini ayblashga olib keladi.

🫂 Nega "kim aybdor" degan savol vaziyatni yanada og'irlashtiradi?

"Muammo senda" yoki "muammo menda" deb aybdor izlash vaziyatni yanada og'irlashtirishi mumkin.

Bepushtlik faqat ayol yoki faqat erkak bilan bog'liq bo'lishi shart emas. Sabab ayolda, erkakda yoki har ikkala tomonda bo'lishi mumkin. Shu sababli tekshiruv va davolash jarayoniga juftlik sifatida yondashish muhim.

Bu holat faqat ayolga emas, erkakka ham og'ir ta'sir qiladi

Ko'pchilik bepushtlikni faqat ayol nuqtai nazaridan ko'radi, ammo erkak omili bilan bog'liq holatlarda ham xavotir, o'ziga ishonchning pasayishi va ichki bosim kuzatilishi mumkin. Shu sababli qo'llab-quvvatlash ikki tomonlama bo'lishi — ya'ni er ham, xotin ham bir-birining hissiy holatini tushunishga harakat qilishi — jarayonni ancha yengillashtiradi.

✅ Aybdorni emas, sababni izlang

To'g'ri tashxis, o'zaro qo'llab-quvvatlash va mutaxassis bilan birgalikda harakat qilish bu jarayonni yengilroq o'tkazishga yordam beradi.

Bu davrda bir-biringizni qanday qo'llab-quvvatlash mumkin?

  • Bir-biringizni ayblash o'rniga, muammoni birgalikda hal qilinadigan vazifa sifatida ko'rish;
  • His-tuyg'ular haqida ochiq va samimiy gaplashish, ichingizga yutmaslik;
  • Zarurat bo'lsa, oilaviy yoki individual psixolog maslahatidan foydalanish;
  • Shunga o'xshash yo'lni bosib o'tayotgan yoki o'tgan boshqa oilalar bilan tajriba almashish.

🤍 Farzand kutish — bir kishining emas, ikki insonning birgalikdagi yo'li.

📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic

🔙 Barcha maqolalar
Biz bilan bog'laning