Klinika haqida
Markazimiz 2025-yil aprel oyida tashkil etilgan. EKO IKSI IVF ishga tushgan kunidan boshlab Rossiya va Qozog`istondan tajribali embriolog va reproduktologlar jalb etilgan. Hozirgi kunda 1 oyda 50 ga yaqin EKU amaliyoti bajarib kelinmoqda.
Bundan tashqari EKO IKSI IVF markazimizda murakkab operatsiyalardan biri hisoblangan Mikroteze operatsiyasi va Varekosele amaliyotlari tajribali shifokorlar tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda. Qolaversa ayollarning bachadon bo`shlig`ini tekshirish amaliyoti ya`ni gisteroskopiya amaliyoti amalga oshiriladi
EKU laboratoriyamiz esa 2025-yil iyun oyidagi Qozog`iston embriologlar assotsiatsiyasi auditiga ko`ra Yevropa standartlariga javob berishi tasdiqlandi.