Sperma morfologiyasi past chiqdimi? Sabab, norma va davolash

2026-04-14

🧬 Sperma analizi testi topshirdingiz va “morfologiya” past chiqyaptimi? Bu degani umid yo‘q degani emas!

Ko‘pchilik erkaklarda spermaning miqdori yaxshi, lekin morfologiyasi — ya’ni shakli me’yorda bo‘lmaydi. Sperma tahlili (spermiogramma) natijalarida morfologiya ko‘rsatkichi reproduktiv salomatlikni baholashda muhim ahamiyatga ega. Sperma morfologiyasi nima oʻzi va u nima uchun muhim? Morfologiya — bu spermatozoidlarning shakli bo‘lib, u urug‘lanish qobiliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Shunday bo‘lsa ham, bu holat tuzalmas degani emas.

Siz bilasizmi:
Sperma nima degani - erkaklik jinsiy bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan, jinsiy aloqa yoki qo'zg'alish vaqtida ajraladigan suyuqlik. Sog‘lom spermatozoidlar ayol tuxumiga yetib borishi va uni urug‘lashi uchun nafaqat ko‘pligi, balki shakli ham muhim. Shu sababli spermiogramma natijalarida morfologiya ko‘rsatkichiga alohida e’tibor beriladi. Morfologiya keskin past bo'lsa, bu holat teratozoospermiya deb ataladi.

📌 Spermani yaxshilash va Morfologiyani oshirish uchun 6 muhim maslahat:

1️⃣ Antioksidantlarga boy ovqatlar — sabzi, pomidor, brokkoli, tuxum, baliq.
2️⃣ Tamaki, alkogol, stressga yo‘q deyish.
3️⃣ Sauna va hammomdan uzoqroq yuring.
4️⃣ Rux, Selen, Vitamin C, E, D, Koenzim Q10 qabul qiling.
5️⃣ Muntazam jismoniy faollik — yurish, suzish.
6️⃣ Eng muhimi: sabrli bo‘ling! Spermalar 3 oyda yangilanadi.

EKO-IKSI klinikasida er va xotin birgalikda tekshiruvdan o'tishi mumkin. Sperma analizi narxi va tayyorgarlik bo'yicha batafsil — telefon orqali reproduktolog maslahatiga yoziling: +998 97 260-77-70.

💬 Sizda sperma analizi morfologiyasi past chiqqanmi?
Yoki qanday vitaminlar foyda bergan?
👇 Quyida izohlarda fikringizni telegram kanalga yozing — boshqa erkaklarga ham foydasi tegadi!

📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic

🔙 Barcha maqolalar

EKO IKSI klinika logoEko-Iksi klinika

EKO-IKSI

Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.

Powered by WpChatPlugins