

Afsuski, hozirgi paytda homilador bo‘lish qiyinlashayotganining asosiy sabablaridan biri sifatida ortiqcha vazn va homiladorlik o'rtasidagi salbiy bog'liqlik ko'rilmoqda.
Xo'sh, ortiqcha vazn organizmga qanday ta'sir qiladi? Semizlikning gormonlarga ta'siri natijasida organizmda gormonal muvozanat buziladi:
🔹 Ayollarda ovulyatsiya buzilishi, hayz siklining o‘zgarishi kuzatiladi.
🔹 Erkaklarda esa spermatozoidlar soni va sifati pasayadi.
Natijada homiladorlik ehtimoli kamayadi va muolajalar ham ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin.
❗️Shuni unutmaslik kerakki, semizlik — hukm emas. To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va shifokor nazorati orqali vaznni me’yorga keltirish mumkin. Ko‘p hollarda vazn kamayishi bilan tabiiy homiladorlik ehtimoli ham oshadi. Muhim qoida — vaznni keskin emas, balki bosqichma-bosqich va mutaxassis kuzatuvida kamaytirishdir.
Homiladorlik davrida bir oz vazn olish — tabiiy va zarur jarayon, chunki organizm bo‘lajak farzandni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zgaradi. Biroq homiladorlikda semirish me’yordan oshib ketsa, bu ona va homila uchun ortiqcha yuk bo‘lishi mumkin. Ortiqcha vazn homiladorlik davridagi qandli diabet, qon bosimi ko‘tarilishi va boshqa asoratlar xavfini oshiradi. Shu sababli homiladorlik davomida vaznni shifokor bilan birga kuzatib borish muhim.
Homiladorlikda semirishni oldini olish uchun eng to‘g‘ri yo‘l — homiladan oldin vaznni me’yorga keltirib olishdir. Bundan tashqari quyidagilar yordam beradi:
Aniq parhez yoki vazn rejasini faqat shifokor sizning holatingizga qarab belgilashi kerak — o‘zboshimchalik bilan qattiq diyetalar homiladorlik davrida xavfli bo‘lishi mumkin.
Agar siz homilani rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bugundan boshlab sog‘lig‘ingizga jiddiy e’tibor bering. EKO-IKSI klinikasida er va xotin birgalikda tekshiruvdan o'tishi mumkin.
Reproduktolog maslahatiga yoziling: +998 97 260-77-70.
📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic



Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.