Ayol harakatda, erkak esa… faqat tomoshabin

2026-04-14

1. Mas’uliyatni his qilish vaqti keldi

Ko‘p hollarda erkaklar tekshiruvlardan qochishadi. Aslida spermogramma tahlili qanday olinadi deb qiziqib ko‘rilsa, bu bor-yo‘g‘i 15 daqiqa vaqt olishi ma’lum bo‘ladi. Lekin ko‘pchilik erkaklar buni yillar davomida ortga suradi. Farzand bu — ikkalangizniki!

2. Shifokor almashavergan — davo yo‘q degani!

Bugun bir klinika, ertaga boshqasi. Strategiyasiz davolanish — samarasiz harakat. Agar sizga aniq spermogramma tahlili haqida malumot va professional yondashuv kerak bo'lsa, bitta mutaxassis bilan oxirigacha borish muhim. Har bir shifokor yangi tahlillar, yangi dorilar bersa-da, tizimli rejasiz natija kechikadi.

3. “Hamma narsani Allohga topshirdik” deyish — ammo harakat nol

Alloh harakat qilgan bandani sevadi. Ammo siz hali to‘liq spermogramma tahlili va boshqa zarur tekshiruvlardan ham o‘tmagansiz, faqat o‘zingizni ovutyapsiz. Bu shunchaki sabab emas — bu noto‘g‘ri yondashuv.

4. Instagram dorilari — darddan emas, stressdan qutqaradi

Kimdir “shu sirop ichdim, homilador bo‘ldim” desa, darrov aptekaga yugurasizmi? Eslab qoling: boshqalarning yo‘li sizga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shifokor — individual yechim beradi.

5. Bir-biringizni ayblash

“Ayib sendan”, “Yo‘q, sendan!” degan o‘ylardan voz keching. Bu davolanish emas, bu orasidagi rishtalarni uzish. Farzandni birga orzu qilganlar, birga kurashishlari kerak.

Xulosa:

Farzandsizlik — dard emas, sinov. Ammo bu sinovdan o‘tish uchun siz to‘g‘ri yo‘lni tanlashingiz kerak.
Xatolarni tan oling. Ustida ishlang.
Va esda tuting: har bir yo‘qotilgan oy — yana bir orzuning kechikishi.

EKO-IKSI klinikasida er va xotin birgalikda tekshiruvdan o'tishi mumkin. Reproduktolog maslahatiga yoziling: +998 97 260-77-70.

📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic

🔙 Barcha maqolalar

EKO IKSI klinika logoEko-Iksi klinika

EKO-IKSI

Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.

Powered by WpChatPlugins