




Onalik va homila rivojlanishi bosqichlari haqida gapirganda, gormonlarning o'rni beqiyos. Quyida homila rivoji haqida 4 ta qiziqarli faktni keltiramiz.
Ayollarda testosteron asosan tuxumdonlar va buyrak usti bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan muhim gormondir. Ko‘pchilik buni faqat "erkaklar gormoni" deb biladi, biroq u ayol organizmi uchun ham zarur. Me'yoriy miqdori ayollarda energiya, jinsiy mayl (libido), mushak tonusi va suyaklar mustahkamligini ta'minlaydi. Biroq, bu gormonning me'yordan oshishi yoki kamayishi jiddiy gormonal o'zgarishlarga olib keladi. Shu sababli testosteron nima ayollar uchun degan savol homiladorlikni rejalashtirishda ayniqsa dolzarbdir.
Testosteron — jinsiy rivojlanishning kaliti
Gormonlar va homila jinsi shakllanishida asosiy poydevor hisoblanadi. Homilaning jinsiy tizimi aynan ushbu gormon tufayli shakllanadi. Ayniqsa o‘g‘il chaqaloqlarda testosteron muhim rol o‘ynaydi. Homila qornidagi rivojlanishning ma'lum bosqichida ishlab chiqarilgan testosteron erkak jinsiy a'zolarining to‘g‘ri shakllanishini belgilab beradi.
Miya rivojiga ham ta’sir qiladi
Testosteronning homilaga ta'siri faqat jinsiy tizim bilan cheklanmaydi. U homilaning miya hujayralari o‘sishiga, nerv tizimi shakllanishiga va hatto kelajakdagi temperamentga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois homiladorlikda testosteron gormoni darajasi me'yorda bo‘lishi homilaning ham jismoniy, ham nerv-ruhiy rivojlanishi uchun muhim.
Onadagi stress — testosteron darajasini o‘zgartiradi
Kuchli stress, uyqusizlik yoki gormonal buzilishlar homiladagi testosteron darajasining o'zgarishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu esa homilaning umumiy rivojlanishiga ta'sir qiladi. Ruhiy tinchlik va yetarli dam olish gormonal muvozanatni saqlashning eng oddiy, ammo samarali yo‘llaridan biridir.
Testosteron baland bo‘lsa, bu har doim zararli emas
Ba’zi ayollarda homiladorlik paytida testosteron biroz yuqoriroq bo‘lishi tabiiy holatdir. Shuning uchun tahlil natijalari biroz og'ishsa, darrov xavotirga tushmaslik kerak. Eng to‘g‘ri yo‘l — natijalarni o‘zboshimchalik bilan emas, balki shifokor bilan birga baholashdir.
Gormon me'yordan oshib ketganda (giperandrogeniya), organizmda erkaklarga xos belgilar paydo bo'lishi mumkin. Asosiy belgilari:
Sabablari: tuxumdonlar polikistozi (PKS), buyrak usti bezlari kasalliklari yoki insulin rezistentligi ko'pincha testosteron ortishiga olib keladi.
Gormonning keskin yetishmovchiligi quyidagi holatlarni keltirib chiqaradi:
Agar sizda yuqoridagi belgilar kuzatilsa, o'zboshimchalik bilan dori-darmon qabul qilmang. Avvalo, malakali shifokor-endokrinolog yoki ginekologga murojaat qiling va testosteron miqdorini aniqlash uchun qon topshiring — odatda umumiy va erkin testosteron ko‘rsatkichlari tekshiriladi. Tashxis tasdiqlangach, shifokor gormonlar balansini tiklash uchun dorilar, parhez va turmush tarzini to'g'rilash bo'yicha maxsus tavsiyalar beradi.
📞 Qabul uchun va savollaringiz bo‘lsa, biz bilan bog‘laning: +998 (71) 200-03-00
Sog‘lom kelajak sari birga qadam tashlaymiz.
📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic



Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.