Bachadon naylarini tekshirtirish nega muhim?

2026-08-03

Bachadon naylarini tekshirtirish nega muhim?
Bachadon naylarini tekshirtirish nega muhim?
Bachadon naylarini tekshirtirish nega muhim?
Bachadon naylarini tekshirtirish nega muhim?
Bachadon naylarini tekshirtirish nega muhim?

❓ Bachadon naylarini tekshirtirish nega muhim?

Ko'plab juftliklar homiladorlik kuzatilmayotganida faqat gormonal analizlarga e'tibor qaratadi. Ammo ba'zan muammo aynan bachadon naylari bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Agar naylar berk yoki shikastlangan bo'lsa, urug'langan tuxum bachadonga yetib bora olmaydi va tabiiy homiladorlik qiyinlashadi.

⚠️ Qaysi holatlarda bachadon naylarini tekshirtirish tavsiya etiladi?

  • Homiladorlik uzoq vaqt davomida kuzatilmayotgan bo'lsa.
  • Oldin tashqi homiladorlik bo'lgan bo'lsa.
  • Chanoq a'zolarida yallig'lanish yoki infeksiyalar kuzatilgan bo'lsa.
  • Bachadon yoki qorin bo'shlig'ida jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan bo'lsa.

Bachadon naylari qanday tekshiriladi?

Bachadon naylarining o'tkazuvchanligini aniqlashning eng keng tarqalgan usuli — gisterosalpingografiya (GSG). Bu jarayonda bachadon bo'yni orqali maxsus kontrast modda yuboriladi, so'ng rentgen tasviri orqali moddaning naylar bo'ylab erkin o'tayotgani yoki biror joyda to'siq borligi aniqlanadi. Muqobil usul sifatida kontrastli exogisterosalpingoskopiya (ultratovush asosida) yoki, murakkabroq holatlarda, laparoskopiya ham qo'llanilishi mumkin. Tekshiruv odatda hayz tugagandan keyingi kunlarda, ovulyatsiyagacha bo'lgan davrda o'tkaziladi.

Agar bachadon naylari berk bo'lsa, bu nafaqat tabiiy homiladorlik ehtimolini kamaytiradi, balki tashqi homiladorlik xavfini ham oshirishi mumkin.

Naylar berk bo'lsa, davolash mumkinmi?

Sababga qarab, davolash konservativ (yallig'lanishga qarshi terapiya) yoki jarrohlik yo'li — odatda laparoskopiya orqali amalga oshiriladi. Laparoskopiya davomida naylardagi bitishmalar ajratilib, o'tkazuvchanlik tiklanishga harakat qilinadi. Biroq har bir holat individual bo'lgani uchun, ba'zi og'ir holatlarda naylarni tiklash o'rniga to'g'ridan-to'g'ri EKO dasturi tavsiya etilishi mumkin.

Erta tekshiruv — muammoni o'z vaqtida aniqlash, to'g'ri tashxis qo'yish va samarali davolashni boshlash imkonini beradi.

📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic

🔙 Barcha maqolalar

EKO IKSI klinika logoEko-Iksi klinika

EKO-IKSI

Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.

Powered by WpChatPlugins