25-iyul — Xalqaro EKO kuni

2026-07-25
25-iyul — Xalqaro EKO kuni
25-iyul — Xalqaro EKO kuni

🌍 25-iyul — Xalqaro EKO kuni

Bugun butun dunyoda EKO (Ekstrakorporal urug'lantirish) orqali millionlab oilalarga baxt ulashgan muhim sana nishonlanadi.

EKO — bu shunchaki davolash usuli emas, balki uzoq yillik kutish, umid va ishonchning samarasidir.

Nega aynan 25-iyul tanlangan?

Bu sana tasodifan tanlanmagan. Aynan 1978-yil 25-iyulda Angliyaning Oldham shahrida EKO yordamida tug'ilgan birinchi bola — Lui Braun (Louise Brown) dunyoga kelgan. Uning onasi bachadon naychalari bitishib qolgani sababli yillar davomida tabiiy homilador bo'la olmagan, biroq shifokorlar Patrik Steptou va Robert Edvards ishlab chiqqan yangi usul — laboratoriya sharoitida urug'lantirish — bu oilaga farzand baxtini ato etgan. O'shandan beri shu kun butun dunyoda EKO texnologiyasi va u orqali ota-ona bo'lgan millionlab oilalar sharafiga nishonlanadi.

EKO qanday natijalarga olib keldi?

Bugungi kunga kelib EKO texnologiyalari tufayli dunyo bo'ylab millionlab sog'lom chaqaloqlar dunyoga kelgan va ko'plab oilalar ota-onalik baxtiga erishgan. Bir vaqtlar tajriba sifatida qaralgan usul hozirda bepushtlikni davolashning eng samarali va keng qo'llaniladigan yo'llaridan biriga aylandi.

💙 Biz ham bu yo'lda siz bilan birgamiz

Biz ham har bir bemorimizning orzusini ro'yobga chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalar va malakali mutaxassislar bilan xizmat ko'rsatishda davom etamiz.

Farzand orzusi sari ilk qadamni bugun qo'ying.

📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic

EKO IKSI klinika logoEko-Iksi klinika

EKO-IKSI

Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.

Powered by WpChatPlugins