

Ko‘pchilik farzandli bo‘lish, hayz sikli yoki umumiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarda gormonlarning o‘rni qanchalik muhim ekanligini bilmaydi. Jinsiy gormonlar haqida malumot ayollar reproduktiv salomatligini saqlashda asosiy ahamiyatga ega. Keling, eng muhim ma’lumotlarni birgalikda ko‘rib chiqamiz.
Gormonlar — organizmning “xabarchilari” bo‘lib, turli a’zolar faoliyatini boshqaradi. Jinsiy gormonlar esa:
✅ Hayz siklini boshqaradi
✅ Ovulyatsiyani ta’minlaydi
✅ Homiladorlikka tayyorlaydi
✅ Reproduktiv salomatlikni nazorat qiladi
✅ Kayfiyat va energiyaga ta’sir ko‘rsatadi
Ayollarda gormon buzilishi turli sabablarga ko‘ra ro‘y berishi mumkin. Gormonlar buzilishi quyidagi omillar tufayli yuzaga keladi:
▫️ Stress va asabiylashish
▫️ Uyqusizlik
▫️ Noto‘g‘ri ovqatlanish
▫️ Ortiqcha yoki kam vazn
▫️ Polikistoz sindromi
▫️ Qalqonsimon bez kasalliklari
▫️ Yoshga bog‘liq o‘zgarishlar
Gormonlar buzilishi ko‘plab tashqi va ichki belgilar orqali namoyon bo‘ladi:
⚠️ Hayz siklining buzilishi
⚠️ Homilador bo‘lishda qiyinchilik
⚠️ Soch to‘kilishi
⚠️ Teri muammolari
⚠️ Vaznning tez o‘zgarishi
⚠️ Kayfiyatning tez-tez almashishi

Albatta, mumkin. Eng muhimi — muammoning sababini aniqlash. Buning uchun kerakli gormonal tahlillar topshirilib, shifokor tavsiyasi asosida davolash belgilanadi. O‘z vaqtida murojaat qilish ko‘plab muammolarning oldini oladi.
TTG gormoni nima degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. TTG — qalqonsimon bez faoliyatini boshqaruvchi gormon. Uning me’yordan yuqori yoki past bo‘lishi:
▫️ Hayz sikliga
▫️ Ovulyatsiyaga
▫️ Homilador bo‘lish imkoniyatiga
▫️ Homiladorlikning kechishiga ta’sir qilishi mumkin.
Shu sababli reproduktiv salomatlikni tekshirishda TTG ko‘rsatkichiga alohida e’tibor beriladi.
🤍 Esingizda bo‘lsin: sog‘lom gormonal fon — sog‘lom reproduktiv salomatlikning muhim poydevoridir. Agar sizda hayz sikli yoki homiladorlik bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, mutaxassis ko‘rigidan o‘tishni kechiktirmang.
📞 Qabul uchun va savollaringiz bo‘lsa murojaat qiling: +998 (78) 555-55-65.
📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic



Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.