O‘zbekiston futboli tarixida unutilmas kun

2026-06-11
jahon chempionati 2026

🌏 O‘zbekiston futboli tarixida unutilmas kun!

Terma jamoamiz ilk bor jahon chempionati 2026da ishtirok etmoqda. Bu yillar davomida qilingan mehnat, ishonch va orzularning natijasidir.
⚽️ EKO IKSI klinikasi jamoasi nomidan futbolchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
Millionlab yurtdoshlarimiz kabi biz ham sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz va muvaffaqiyatlaringiz bilan faxrlanamiz.

2026 jahon chempionati: tarixiy mundial

Futbol jahon chempionati 2026 — tariximizdagi eng yirik mundial. Turnir 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Ilk bor musobaqada 48 ta terma jamoa ishtirok etadi va jami 104 ta o‘yin o‘tkaziladi. O‘zbekiston uchun esa bu tarixiy voqea — terma jamoamiz birinchi marta jahon chempionatiga yo‘l oldi.

Jahon chempionati 2026 format: nima o‘zgardi?

Jahon chempionati 2026 format jihatdan avvalgi mundiallardan tubdan farq qiladi. 32 ta emas, 48 ta jamoa qatnashadi va ular 12 ta guruhga (A dan L gacha) bo‘lingan. Har bir guruhda 4 tadan jamoa bor.

Pley-offga chiqish shartlari

Har bir guruhdan dastlabki 2 ta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/16 finalga yo‘l oladi. Bundan tashqari, uchinchi o‘rinni egallagan 12 ta jamoadan eng yaxshi 8 tasi ham pley-offga chiqadi. Demak, guruhda uchinchi bo‘lish ham hali umid borligini anglatadi — bu O‘zbekiston uchun muhim imkoniyat.

Jahon chempionati 2026 O‘zbekiston: K guruhidagi raqiblar

Jahon chempionati 2026 O‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega — qur'a tashlash natijasiga ko‘ra terma jamoamiz K guruhiga tushdi. Jamoaga 2006-yilgi jahon chempioni, afsonaviy italyan himoyachisi Fabio Kannavaro murabbiylik qilmoqda. Raqiblarimiz:

  • Portugaliya — 2016-yilgi Yevropa chempioni, FIFA reytingida 5-o‘rin. Cristianu Ronaldu uchun bu oltinchi mundial;
  • Kolumbiya — FIFA reytingida 13-o‘rin, eng yaxshi natijasi — 2014-yilgi chorak final;
  • Kongo DR — FIFA reytingida 45-o‘rin, Afrikaning kuchli jamoalaridan biri.

O‘zbekiston o‘yinlari taqvimi (Toshkent vaqti)

SanaO'yinVaqt (Toshkent)
18-iyunO'zbekiston — Kolumbiya1:3
23-iyunPortugaliya — O'zbekiston5:0
28-iyunKongo DR — O'zbekiston3:1

Jahon chempionati 2026 taqvimi: asosiy sanalar

To‘liq jahon chempionati 2026 taqvimi quyidagi bosqichlardan iborat:

  • 11—27-iyun — guruh bosqichi (72 ta o‘yin);
  • 28-iyun — 3-iyul — 1/16 final;
  • 4—7-iyul — 1/8 final;
  • 9—11-iyul — chorak final;
  • 14—15-iyul — yarim final;
  • 18-iyul — uchinchi o‘rin uchun o‘yin;
  • 19-iyul — final (Nyu-Jersi, «MetLife» stadioni).

Jahon chempionati 2026 turnir jadvali: K guruhi

Jahon chempionati 2026 turnir jadvali 12 ta guruhdan iborat. O‘zbekiston ishtirokidagi K guruhida har bir jamoa 3 tadan o‘yin o‘tkazadi. Quyida guruhning boshlang‘ich holati:

O'rinJamoaO'yinlarOchko
1Kolumbiya37
2Portugaliya35
3Kongo DR34
4O'zbekiston30

Chempionati turnir jadvali har bir turdan so‘ng yangilanib boradi.

O‘zbekistonning imkoniyatlari qanday?

Portugaliya guruhning aniq favoriti hisoblanadi. Asosiy kurash ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun O‘zbekiston, Kolumbiya va Kongo DR o‘rtasida kechadi. Yangi format tufayli uchinchi o‘rin ham pley-off uchun imkoniyat beradi, shuning uchun 18-iyun kuni Kolumbiya bilan bo‘ladigan ilk o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

2026 jahon chempionati O‘zbekiston futboli uchun yangi davr boshlanishini anglatadi. 🤍 Olg‘a, O‘zbekiston! G‘alabalar sizga yor bo‘lsin!

📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic

EKO IKSI klinika logoEko-Iksi klinika

EKO-IKSI

Ish vaqtimiz 24/7

Assalomu alaykum, biz bilan bog'lashin uchun uchun quyidagi tugmani bosing.

Powered by WpChatPlugins